Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning muammolari tizimli hal etiladi

14-02-2022 32

    Ayni    vaqtda    respublika    bo‘ylab nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha muammolari tegishli idoralar bilan birgalikda hal etilishi ,    ularning barchamiz kabi yashashi ,    ta’lim olishi, ishlashi ,    jamiyatda o‘z o‘rnini topishi masalalari ortiqcha muammo bo‘lmaydi.

    Xatlov natijalariga ko‘ra ,    ambulator va    statsionar    sharoitda davolanish,    reabilitatsiya    markazlarida tibbiy ,    ijtimoiy va kasbiy    reabilitatsiya    choralarini olish ,    davolanishga , reabilitatsiya    qilishning    texnik    vositalari va    protez-ortopediya    moslamalariga muhtojlar ,    yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash, qon tomirlarni stendlash ,    eshitishda nuqsoni borlarni koxlear implantatsiyalash,    ichki    a’zolar    ( buyrak ,    jigar ) transplantatsiya    qilishga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati shakllantirilmoqda.

    Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bahodir    Karimov    ishtirokida AOKAda nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ta’kidlanishicha ,    nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish jarayonida ularning yashash sharoiti va moddiy ta’minotiga alohida e’tibor qaratilib ,    ushbu masalalarga asosan kelgusida amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ishlab chiqish maqsadida    ular    uchta    (“ yaxshi    -    yashil”, “o‘rta    -    sariq ”    va    “ qoniqarsiz    -    qizil ”)    toifaga ajratib olinmoqda.

        Yana    bir muhim masala ,    ijarada yashayotgan va    uy- joyga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar aniqlanib ,    ularning manzilli ro‘yxati ham shakllantirildi. O‘z navbatida xatlov ishlari joriy yilning    15 fevral    kuniga qadar to‘liq yakunlanib ,    aniqlangan har bir muammo va masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning tegishli    “ chora-tadbirlar ”    dasturi qabul qilinadi.